“Human xususiy bandlik agentligi” MÇJga Özbekiston Respublikasidan taşqarida iş izlayotgan şaxslarni işga joylaştiriş faoliyati bilan şuğullaniş uçun berilgan litsenziyaning amal qilişi vaqtinçalik töxtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, vazirlikka köplab fuqarolar tomonidan norozilik mazmunidagi murojaatlar kelib tuşgan. Uşbu murojaatlar örganib çiqilganda, fuqarolar “Human xususiy bandlik agentligi” MÇJga tölagan pullarini qaytarib oliş yuzasidan bir qator muammolarga duç kelganligi aniqlangan.

Unga köra, fuqarolar va “Human xususiy bandlik agentligi” MÇJ örtasida xizmatlar körsatiş töğrisidagi şartnoma imzolangan bölib, şartnomada Germaniya va Çexiya davlatlarida 6-8 oy içida işga joylaştiriş közda tutilgan.

Biroq Agentlik öziga yuklatilgan majburiyatlarini vaqtida bajarmagan. Fuqarolar tölov qilingan pullarni qaytarib berilişini talab qilgan bölsa-da, ularga pullar hanuzgaça qaytarib berilmaganligi aniqlangan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasidan taşqarida iş izlayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça faoliyatni litsenziyalaş tartibi töğrisida”gi Nizomining 45 va 46-bandlariga muvofiq, “Human xususiy bandlik agentligi” MÇJ litsenziyasining amal qilişi 10 iş kuni muddatiga töxtatilganligi töğrisida qaror qabul qildi.

“Human” xususiy bandlik agentligidan şu muddat içida fuqarolar pulini qaytariş talab etiladi. Aks holda litsenziyani bekor qiliş masalasi körib çiqiladi, deyiladi xabarda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarni xususiy bandlik agentliklari bilan şartnoma imzolagan vaqtda e'tiborli bölişga, şartnoma şartlarini töliq örganib çiqiş lozimligini eslatgan.