Bloger Nikita Makarenko özining telegram-kanalida Özbekiston fuqarolari işlaş uçun Germaniyaga borgani, ammo u yerda qiyin ahvolda qolgani aks etgan videoni e’lon qildi.

“Uç yuzga yaqin özbekistonliklar ularni göyoki Germaniyaga işlaş uçun olib borgan, söngra qayergadir ğoyib bölgan Turon firmasining qurboniga aylanişdi. Yigitlarga AQŞdagi Work and Travel dasturining muqobili bölgan Ferienjob dasturi asosida işga joylaştiriş va’da qilingan. Ular hozir vokzalda tunaşmoqda, qayerga boriş, nima qilişni bilişmayapti. Bu video bugun (28 iyun kuni nazarda tutilmoqda – tahr.) Myunhendagi temiryöl vokzalida tasvirga olingan.

Mana şunday pastkaşlar bor bizda: nemislar bizga işonişmoqda, viza berişmoqda, ular yigitlarimizni Germaniyada körişdan mamnun. Biznikilar esa özimiznikilarni aldaşmoqda. Bunday holatdan keyin kim ham biz bilan işlardi?!

Umid qilamanki, Berlindagi elçixonamiz yigitlarimizga yordam berişadi. Axir ularning bu yerda heç qanday aybi yöq. Huşyor bölinglar. Atrof töla firibgarlar”, deb yozadi bloger.

Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi jamoatçilik örtasida rezonansga sabab bölgan voqea yuzasidan bayonot berdi.

“Dastlabki örganişlar natijasida ma’lum bölişiça, Turon World Cooperation Xususiy Bandlik Agentligi MÇJ vakillari özlariga taniş bir qator taşkilotlar bilan hamkorlikda 2023 yilning may-iyun oylarida Work and travel dasturi orqali Germaniyaga 102 nafar talabani jönatgan. Ammo Germaniyaga yetib borgan talabalarni iş bilan ta’minlaşda muammolar yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda uşbu holat yuzasidan örganiş işlari boşlangan, vaziyatga huquqiy baho beriş uçun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinadi va natijasi haqida qöşimça ma’lumot beriladi”, deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanişiça, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning NoVo Agency taşkiloti hamkorligida Work and travel dasturi doirasida joriy yilda 310 nafar talaba Germaniyaga yetib borib, işga joylaşgan va yana 39 nafarining viza olişi kutilmoqda. Uşbu talabalar tomonidan bugungi kunga qadar murojaat kelib tuşmagan.