Ijtimoiy tarmoqlarda Turon World Cooperation xususiy bandlik agentligi MÇJ tomonidan Germaniyaga işga yuborilgan yigitlar ayni paytda Myunxendagi temiryöl vokzalida qolişayotgani, MÇJ vakillari esa qayergadir ğoyib bölgani aks etgan videolar tarqalgandi.
Özbekistonning Frankfurt-Mayndagi Boş konsulxonasi Work and Travel dasturi böyiça Germaniyaga kelgan, kutilmagan qiyinçiliklarga duçor bölgan Özbekiston fuqarolari haqida ma’lumot berdi.
“Özbekistonning Turon World konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga köra, uşbu taşkilot 98 nafar Özbekiston fuqarolarini Work and Travel dasturi böyiça Germaniyaga mavsumiy işlarga jönatgan.
Boş konsulxona xodimlari «Humo» özbek-nemis madaniy jamiyati faollari bilan birgalikda voqea joyiga zudlik bilan yetib bordilar, özbekistonlik vatandoşlar imkoniyatlaridan foydalanib, 35 nafar muhtoj Özbekiston fuqarolariga uşbu hududda vaqtinça yaşaşlari uçun zarur yordam körsatdilar.
Özbekistonning Berlindagi elçixonasi va Frankfurt-Mayndagi Boş konsulxonasi vaziyatni nazoratga oldilar va vakolatli organlar bilan hamkorlikda mazkur muammoni bartaraf etiş çoralarini körmoqdalar”, deyiladi bayonotda.
Avvalroq Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi jamoatçilik örtasida rezonansga sabab bölgan voqeaga munosabat bildirib, Turon World Cooperation Xususiy Bandlik Agentligi MÇJ vakillari özlariga taniş bir qator taşkilotlar bilan hamkorlikda 2023 yilning may-iyun oylarida Work and travel dasturi orqali Germaniyaga 102 nafar talabani jönatgani, ammo Germaniyaga yetib borgan talabalarni iş bilan ta’minlaşda muammolar yuzaga kelganini bildirgandi.
Vazirlik fuqarolarni xorijga işga jalb qiliş bilan şuğullaniş litsenziya talab etadigan faoliyat turi hisoblanişini, bugungi kunda Özbekistonda faqatgina 9 ta xususiy bandlik agentligi litsenziyaga ega ekanini eslatgan.
Biroq vazirlik rasmiy saytida keltirilgan reyestrda Turon World Cooperation Xususiy Bandlik Agentligi MÇJ litsenziyaga ega bandlik agentligi ekani qayd etilgan








