Özbekistonlik yakkakuraş jangçisi Mahmud Murodov Mutlaq jangçilik çempionati UFC bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda Murodovning özi Instagram’da ma'lum qildi. 

Maşhur amerikalik boksçi Floyd Meyvezer jamoasiga kiruvçi özbekistonlik yakkakuraş jangçisi Özbekistonning UFC’dagi ilk vakili böladi. Avvalroq amerikalik Murodovni MMA’ning eng yaxşi jangçisi deb atagandi.

“Men dunyoning eng kuçli taşkiloti UFC bilan şartnoma imzoladim. Öz oğa-inilarim jamoasiga qilingan iş uçun minnatdorlik bildirmoqçiman. Birgalikda tarix yasaymiz. Men UFC’dagi birinçi özbekman. Qöllab-quvvatlovingiz, menga işonganingiz uçun katta rahmat. Birgalikda navbatdagi ğalaba sari olğa boramiz”, deb yozgan Murodov. 

Yakkakuraşçining vakillari u 28 sentyabrda Kopengagendagi musobaqada iştirok etişini ma'lum qilişgan.

Murodov avval Yevropaning Oktagon va XFN ligalarida iştirok etgan. Uning hisobida MMA’da 22 ta ğalaba va 6 ta mağlubiyat bor.