Özbekistonning Sankt-Peterburg şahridagi (Rossiya) Boş konsulxonasi 2019 yilning 14 centyabr kuni şahardagi ovqatlaniş punktlaridan birining omborida Özbekiston fuqarosi B.X.ning jasadi topilgani töğrisida tarqalgan xabarni tasdiqladi.
TIV xabariga köra, politsiya ölimga piçoqdan olingan jarohat sabab bölganini ma'lum qildi. Ayni paytda tergovgaça bölgan tadbirlar olib borilmoqda.
Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, Sankt-Peterburg şahrining tergov organlari bilan doimiy aloqa örnatgan hamda marhumning jasadini vatanga yuboriş bilan boğliq konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalar bilan şuğullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatişiça, Rossiyaning Şimoli-ğarbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg şahri, Vologda oblasti) hududida joylaşgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkin: +7-965-029-41-49.












