Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgdagi kafelardan birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi
Sankt-Peterburgda «Burger King» kafesining yordamchi xonasida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Rossiya OAV huquqni muhofaza qilish organlariga tayangan holda xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 14 sentabr kuni fastfud restoranining direktori ishga kelgan va yordamchi xonaga yo‘l olgan, ammo eshik ichkaridan qulflangan bo‘lgan. U bir soat davomida xonaga kirishga uringan hamda o‘sha yerda bo‘lishi kerak bo‘lgan xodimning uyali telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan.
Eshik ochilganda ayol restoran oshpazi, 26 yoshli o‘zbekistonlik erkakning jasadini aniqladi.
Politsiya videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar, restoranda bo‘lgan oshpazning buyumlari hamda pichoqlarini olgan. Aniqlanishicha, yordamchi xonaning eshigini faqat ichkaridan yopish mumkin bo‘lgan. Kafega bostirib kirish va janjal belgilari topilmadi.
Tekshiruv o‘tkazilmoqda. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining taxminicha, marhum oshpazning ishida jinoiy omil bo‘lmasligi ham mumkin.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026