Özbekiston Respublikasi içkarisidagi xizmat safarlari töğrisidagi yöriqnomaga tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Xizmat safarlari bilan boğliq mavjud normalar töldirildi va aniqlaştirildi:
birinçidan, xizmat safariga yuborilgan xodimlar (jönab ketayotgan/qaytib kelayotgan) hisobga olinadigan maxsus jurnallar elektron şaklda yuritilişiga ruxsat etildi;
ikkinçidan, örindoşlarni xizmat safariga yuborişda ikkita aniqlaştiriş kiritildi:
• taşqi örindoş (bir vaqtning özida asosiy iş joyida va boşqa taşkilotda işlaydigan) xizmat safariga yuborilganda, uni xizmat safariga yuborgan taşkilotdagi örtaça iş haqi, içki örindoş (masalan, asosiy iş joyi böyiça vaqtinça işga kelmagan xodimning örniga yoki böş lavozimda işlayotgan) xizmat safariga yuborilganda esa asosiy va örindoşlikdagi lavozimlar böyiça örtaça iş haqi saqlab qolinadi;
• xodim xizmat safarida bölgan vaqtida tarif stavkasi, lavozim maoşi oşirilsa, oşirilgan paytdan e'tiboran haqiqatda işlangan iş kunlari uçun iş haqi qayta hisob-kitob qilinadi;
uçinçidan, yöl hujjatlari mavjud bölmagan taqdirda, xizmat safari uçun yöl haqi yangi tartibda tölanadi:
• budjet taşkilotlari xodimlari uçun – har bir kilometr uçun bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 0,08%i miqdorida;
• boşqa taşkilotlarda – jamoa bitimida (şartnomasida), mehnat şartnomasida belgilangan miqdorda, biroq har bir kilometr uçun BHMning 0,08%idan kam bölmasligi kerak.
500 metr va undan ortiq bölsa, u katta qiymat tomonga, kam bölganda esa kam qiymat tomonga qarab yaxlitlanadi;
törtinçidan, mehmonxonalarning lyuks-nomerlarida yaşaganligi uçun tölov haqiqiy xarajatlar böyiça töliq tölanadi (ilgari 70%gaça edi). Budjet taşkilotlarida: bunday xarajatlarning 70%igaça miqdori budjet mablağlari hisobidan, qolgan qismi budjetdan taşqari mablağlar hisobidan tölanadi;
beşinçidan, turar joy xonasini ijaraga olganlikni tasdiqlovçi hujjatlar yöq bölgan hollarda xarajatlar qoplanişi har bir sutka uçun EKIHning 2%i miqdoridan BHMning 20%i miqdorigaça, ya'ni 10 baravarga oşirildi;












