2025 yil 9 dekabr kuni Qo‘shrabot tumani hokimligi rasmiy Telegram-kanalida Xitoyga amalga oshirilgan xizmat safari haqida xabar va bir nechta suratlar e’lon qilingan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, bu suratlarda hokim Dilshod Shakarboyevning o‘g‘li ham bor.

Qo‘shrabot tumani hokimining o‘g‘li / Foto: Qo‘shrabot tuman hokimligi

Shuningdek, hokimning haydovchisi ham delegatsiya tarkibida bo‘lgani aytilmoqda va u ham rasmlarda aks etgan.

Qo‘shrabot tuman hokimining haydovchisi / Foto: Qo‘shrabot tuman hokimligi

Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi 2025 yil 15 avgustda Xitoy safaridan e’lon qilgan suratlarda tuman hokimi Jamshid Nasriddinovning o‘smir yoshdagi o‘g‘li ham aks etgan.

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining o‘g‘li / Foto: Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi

Odatda bunday xizmat safarlari davlat xizmatchilari, sohaviy mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirokida o‘tadi. Shu bois ushbu materialda tilga olingan shaxslar rasmiy delegatsiyalar tarkibida Xitoyga qaysi maqomda borgani, ularga qanday vazifa yuklatilgani ma’lum emas.

Manbaga ko‘ra, qo‘shrabotlik bir fermer dastlab safar ro‘yxatiga kiritilgan, ammo safar arafasida noma’lum sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan tushib qolgan.

Kun.uz qayd etilgan holatlar yuzasidan rasmiy izoh olishga urindi. Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi vakili bu borada hokimlikning Telegram-kanalida rasmiy munosabat e’lon qilinishini ma’lum qildi. Qo‘shrabot tumani hokimligi matbuot xizmati bilan esa tezkor bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Qonunchilikka binoan, davlat idoralari 43 turdagi ma’lumotlarni, xususan xizmat safarlari va buning uchun qilingan xarajatlarni har chorakda e’lon qilishi kerak. Shunga qaramay,