Bugun, 20 sentabr kunidan Özbekistonda parlament saylovlari kampaniyasiga start berildi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida taşkil etilgan navbatdagi majlisida Markaziy saylov komissiyasi 2019 yil 22 dekabrni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari va mahalliy kengaşlar deputatlari saylovi kuni deb belgiladi.

Majlisda, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari va mahalliy kengaşlar deputatlari saylovini ötkaziş böyiça asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Tadbirda ta'kidlanişiça, bu yil mamlakat parlamenti va xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga saylovlar ilk bor Özbekiston Respublikasining yangi Saylov kodeksi asosida ötadi. Saylovlarda birinçi marta beşta siyosiy partiya öz nomzodlarini ilgari suriş huquqiga ega. Bular – «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi va Özbekiston Ekologik partiyasi.
«Saylov kodeksiga binoan endilikda siyosiy partiyalar Qonunçilik palatasiga bölajak saylovlarda 135 emas, balki töliq 150 saylov okrugidan nomzod körsatiş huquqiga ega böldi. Özbekiston Ekologik harakatiga berilgan kvota çiqarib taşlangani partiyalararo raqobatni kuçaytirişga xizmat qiladi.
Viloyatlarda hududiy bölinmalari ham iş boşlagan Xalqaro matbuot markazida Saylovçilarga tezkor axborot beriş markazi (Call-center) faoliyati yölga qöyiladi. Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi respublika hududi böylab abonentlardan markazga çiquvçi bepul qönğiroqlar amalga oşiriladigan köp tarmoqli va qisqa raqamli alohida aloqa liniyasi ajratadi hamda uning uzluksiz işlaşini ta'minlaydi», deyiladi Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotida.
Bu yilgi saylovda saylovçilarning yagona elektron röyxati şakllantirilgan. Bu saylovçilarning teng huquqligini körsatadi.
Oldindan ovoz beriş jarayoni saylov kunidan 10 kun oldin boşlanib, 3 kun keyin tugaydi.
Saylovlar ertalabki soat 8:00dan boşlanib, keçki soat 20:00gaça davom etadi.
Saylovlarda 20 milliondan ortiq saylovçi ovoz beriş huquqiga ega hisoblanadi.










