Bojxona xodimlari respublikamizga sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy olib kirilişi holatlariga öz vaqtida çek qöyişmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idora vakillari bilan hamkorlikda Yangiqörğon tumanida tezkor tadbir ötkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbirda Yangiqörğon tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro S.Z.ning yaşaş xonadoni belgilangan tartibda xolislar iştirokida közdan keçirildi.

Natijada, uşbu xonadonda noqonuniy saqlanayotgan, xorijda işlab çiqarilgan, bojxona rasmiylaştiruvidan ötganligini tasdiqlovçi heç qanday hujjatlari bölmagan umumiy qiymati 90 million sömlik 15 070 qadoqdagi dori-darmon vositalari borligi aniqlandi.

 Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.