9-21 sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg şahri boks böyiça jahon çempionatiga mezbonlik qildi. Yigirmançi marta ötkazilgan mazkur musobaqada dunyoning 78 mamlakatidan 400ga yaqin boksçi iştirok etdi.

Unda Özbekiston terma jamoasi 3ta oltin, 1ta kumuş va 1ta bronza medallarini jamğarib, umumjamoa hisobida birinçi örinda yakunladi. Delegatsiya a'zolari 23 sentyabrga ötar keçasi Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, kutib oliş marosimida Özbekiston Boş vazirining birinçi örinbosari, Özbekiston boks federatsiyasi raisi Oçilboy Ramatov ham iştirok etib, boksçilarni jahon çempionatidagi muvaffaqiyat bilan qutladi va Tokio Olimpiadasida ham şunday zafarli ğalabalar tilab qoldi.

Marosimda, şuningdek, Milliy olimpiya qömitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati, jamoat taşkilotlari, sportçilarning yaqinlari va yuzlab boks işqibozlari qatnaşdi. Unda terma jamoa a'zolari nomidan Bahodir Jalolov sözga çiqdi.

«Yarim tun bölişiga qaramasdan bizni kutib olişga çiqqaningiz uçun rahmat. Biz Rossiyada barçangizning qöllab-quvvatlaşingizni, duolaringizni his qilib turdik. Nasib qilsa, kelasi yil Tokio Olimpiadasida ham özbekistonlik boksçilarning nimalarga qodirligini namoyiş etib, boks böyiça birinçi raqamli terma jamoa ekanimizni körsatib qöyamiz», – dedi Jalolov.

Tadbirda Ozodbek Nazarbekov va Raşid Xoliqov öz qöşiqlari bilan çiqiş qildi. Şundan söng boksçilar karnay-surnay navolari ostida kuzatib qöyildi. Milliy olimpiya qömitasi tadbir fotogalereyasini taqdim etdi.

Oltin medal:
-52 kg: Şahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Kumuş medal:
-81 kg: Dilşodbek Rözmetov

Bronza medal:
-69 kg: Bobousmon Baturov