18 sentabr kuni davlat sektori, xalqaro taşkilotlar, Özbekiston oliy öquv yurtlari vakillari, Huawei kompaniyasi va AKT yönalişlari talabalari "ICT Talent Summit" ta’lim sammitida iştirok etib, intellektual kelajakni rivojlantiriş uçun raqamli iste’dodlar transformatsiyasini muhokama qildilar. Tadbir 2024 yil 17-20 sentabr kunlari Toşkentda bölib ötayotgan ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 AKT haftaligi doirasida bölib ötdi.

2024 yil 18 sentabr Huawei kompaniyasi raqamli könikmalarni rivojlantirişning asosiy masalalarini muhokama qiliş va AKT sohasidagi yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş hamda ta’lim sohasini özgartirişga qaratilgan texnologiyalarni muhokama qiliş uçun Huawei “Huawei ICT Talent Summit” ta’lim sessiyasini ötkazdi. Sammit Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-ta’lim assotsiatsiyasi kömagida ötkazildi va davlat sektori, oliy ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda AKT sohasi talabalarini birlaştirdi.Tadbir spikerlari sifatida raqamli texnologiyalar vazirligi, YuNESKOning ta’limda axborot texnologiyalari instituti (YuNESKO TATI), Toşkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Huawei kompaniyasi vakillari iştirok etişdi.

Sammit Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-ta’lim assotsiatsiyasi kömagida ötkazildi va davlat sektori, oliy ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda AKT sohasi talabalarini birlaştirdi.

Raqamli texnologiyalar vazirining örinbosari Rustam Karimjonov sammitni tantanali nutqi bilan oçib berdi va Özbekistonda IT ta’limini rivojlantiriş sohasidagi yutuqlar va ilğor texnologiyalarni örganiş, AKT sohasida muvaffaqiyatli karera quriş uçun raqamli va til könikmalarini oşiriş maqsadida yoşlar uçun yaratilgan şaroitlar bilan örtoqlaşdi. "AKT iste’dodlarini rivojlantiriş raqamli iqtisodiyotni şakllantirişning asosiy vazifasidir. Davlat, xususiy sektor, xalqaro taşkilotlarning oçiq va özaro hamkorligi bölajak mutaxassislarning raqamli muhitga integratsiyalaşuvini jadallaştirişga yordam beradi. Huawei kabi yetakçi AKT kompaniyalarining ta’lim sertifikatiga ega kurslarida öqiş imkoniyatlarini yaratiş böyiça katta hamkorlik işlari amalga oşirildi. Va biz raqamli iste’dodlarni imkoniyatlardan foydalanişga va texnologiyaning intellektual dunyosiga çuqurroq nazar solişga taklif qilamiz", dedi Rustam Karimjonov.









