Hozirda Afğonistonda "Tolibon" va IŞIDning 15 mingga yaqin jangarilari bölib, ular Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga tahdid uyğotmoqda. Bu haqda Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) birlaşgan ştabi boşliği general-polkovnik Anatoliy Sidorov ma'lum qildi.

"KXŞTga Afğoniston şimolidagi "Tolibon" guruhlari xavf solmoqda. Ularning umumiy soni 11 ming kişiga yaqin. Afğonistonda IŞID faolligi kuçayişi kuzatilmoqda. Undagi jangarilar soni 4 mingga yaqin", - dedi Sidirov.

Uning sözlariga köra, terrorçilar hozirda Afğoniston hududining 40 foizga yaqinini nazorat qilib turibdi. Jangarilar nazorati ostidagi hududlarda qurol va giyohvand modddalar savdosi avj olmoqda.

KXŞTning ma'lumotiga köra, jinoiy guruhlar ixtiyorida 100 mingga yaqin öqotar qurol bor. Bundan taşqari, 2018 yilda Afğonistondagi köknori dalalari maydoni 263 ming gektarni taşkil etgan.