Bugun, 24 sentabr kuni, Toşkentdagi Xalqaro savdo markazida ICTWEEK-2019 haftaligi oldidan matbuot anjumani taşkil etildi. Unda «Özbektelekom» AK, Huawei kompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi va IT texnoparki vakillari iştirok etişdi. Mutasaddilar haftalik doirasida bölib ötadigan tadbirlar, tanlovlar, xalqaro hamkorlik va boşqa muhim masalalar haqida ma'lumot berişdi. Jumladan, 5G tarmoği borasida «Özbektelekom» AK tijorat direktori v.b Alişer Zufarov kengroq axborot berdi.
«Köpçilik tarmoq foydalanuvçilari hali 5G tarmoğiga tayyor emasliklarini aytişmoqda, çunki bu tarmoqqa ulaniş uçun mos mobil qurilma bölişi kerak. Aholi imkoniyatini hisobga olib, keyin texnologiyani yaxşilaşga e'tibor bersak, ança orqada qolib ketişimiz mumkin. 14 sentyabrda Toşkent univermagida test rejimida 5Ğni işga tuşirdik. Endi ertaga «Özekspomarkaz»da xuddi şu jarayon ötkaziladi. U yerda 5G tarmoğiga ulangan smartfon, kompyuterlar namoyiş etiladi. Bu tarmoqni keng foydalanuvçilarga taqdim qilişdan oldin qiladigan işlarimiz köp. Eng avvalo, malakali kadrlarni tayyorlaş. Keyingi bosqiçlarda 5Ğni aholi gavjum hududlarga örnatiş möljallangan. Şuningdek, qança qurilma sotib olişimiz kerakligi, qança mablağ ketişi masalalari ham bor», deya Zufarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning ta'kidlaşiça, Özbekistonda 5G tarmoğini işga tuşirişga kamida bir yoki bir yarim yil vaqt ketadi. Ba'zan rejalar amaliyotdan farq qiladi. Körsatilgan muddat qisqarişi ham mumkin.








