«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, bu masalalar Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillarining Ericsson rahbarlari bilan onlayn uçraşuvida körib çiqilgan.

Muzokaralarda kompaniyaning Janubiy Yevropa va Yevroosiyo böyiça rahbari Andrea Missori hamda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon böyiça rahbari Aydin Abjanbekov iştirok etgan.

Ericsson vakillari Özbekistonni strategik jihatdan muhim bozorlardan biri deb bilişini va mamlakatdagi faoliyatini rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildirgan. Hamkorlikning ehtimoliy yönalişlari qatorida 5G tarmoqlari, radioaloqa tizimlari va tayanç telekommunikatsiya infratuzilmasini yangilaş qayd etilgan.

Kompaniya mobil tarmoqlar uçun apparat va dasturiy yeçimlar, raqobatbardoş tijoriy şartlarni taklif qilişga tayyorligini maʼlum qilgan. Zarurat bölsa, xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda moliyalaştiriş mexanizmlari ham körib çiqilişi mumkin.

Özbekiston tomoni mamlakat telekommunikatsiya bozori xorijiy kompaniyalar va investorlar uçun oçiq ekanini taʼkidlagan.

Kelişuvga köra, 2026-yil oxirigaça Ericsson delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi taşkil etilib, tegişli vazirliklar va mahalliy mobil operatorlar bilan muzokaralar ötkazilişi rejalaştirilgan.