Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan Xalq ta'limi vazirligining “2019 yildagi faoliyat samaradorligi hamda maqsadli vazifalarga erişişni baholaşning asosiy mezonlari töğrisida”gi hisoboti eşitildi.

Ta'kidlanganidek, 2019/2020 öquv yilida koeffisenti yuqori bölgan maktablarga öquvçilarni 1-sinfga qabul qiliş faqatgina mikrohududdan amalga oşiriş tartibi va tarmoqli maktablarni taşkil etiş böyiça tavsiyalar asosida amalga oşirilişi natijasida respublika böyiça 71 ta tarmoq maktablari taşkil etilgan. Kasb-hunar kollejlarining 383 ta binosi maktablarga berilişi natijasida qöşimça 224 mingdan ortiq öquvçi örinlari yaratilişi hisobiga 628 ta maktabning 1,5 koeffisentga tuşirilişiga erişilgan.

Davlat xususiy şeriklik asosida faoliyat körsatayotgan umumiy örta ta'lim maktablari soni 84 tadan 100 taga yetkazildi. Jumladan, Andijon, Namangan viloyatlarida 5 tadan, Jizzax, Samarqand, Xorazm viloyatlarida 2 tadan, Buxoro va Toşkent viloyatlarida 1 tadan maktab taşkil etilgan bölsa, qolgan viloyatlarda bu boradagi işlar qoniqarli emasligi aytib ötildi.

Qayd etilganidek, Koreya Respublikasi Eksimbankining kredit mablağlari hisobidan yurtimizdagi 2766 ta umumta'lim maktabini 2 859 töplam kompyuter sinflari bilan jihozlaş uçun tegişli şartnomalar imzolanib, bosqiçma-bosqiç yetkazib berilyapti.

Tadbirda 2019 yilgi öquv jarayonida umumiy örta ta'lim maktablarining 1-sinfiga 620 mingdan ziyod öquvçining qabul qilingani, maktablari öquvçilarini 7 ta tildagi darslik bilan ta'minlaş holati, öquv xonalari, laboratoriyalarning öquv predmetlariga mos jihozlanişi, öqituvçilarning metodik ta'minoti bilan boğliq masalalarda amalga oşirilgan işlar va yeçimini kutayotgan masalalar atrofliça muhokama qilindi.