Bugun, 26 sentabr kuni, Özbekiston xokkeyi uçun tarixiy voqea yuz berdi: mamlakat xokkey federatsiyasi boşqa olti mamlakat qatorida Xalqaro şaybali xokkey federatsiyasiga (IIHF) qabul qilindi. Bu Rimdagi (Italiya) IIHF kongressida sodir böldi.

«Avvalo, bizni qöllab-quvvatlagan va kongressda ÖXF uçun ovoz bergan barça IIHF a'zolariga rahmat aytaman. Şaybali xokkeyning katta oilasiga qöşiliş biz uçun katta şarafdir. Men öz mamlakatimdagi barça xokkey muxlislari bilan birgalikda bundan faxrlanmoqdaman hamda yangi maqomimiz Özbekistonda öyinni rivojlantiriş uçun köproq imkoniyatlar oçişiga işonaman.

Rivojlaniş va ta'lim dasturlariga, şuningdek, IIHF tomonidan ötkaziladigan turli xil tadbirlar va musobaqalarga, yangi aloqalar va boşqa a'zo assotsiatsiyalar bilan munosabatlarga ega böliş, şubhasiz, butun mamlakat böylab xokkeyni kengaytiriş böyiça rejalarimizni qöllab-quvvatlaydi», - deya ma'lum qildi Özbekiston xokkey federatsiyasi (ÖXF) prezidenti Baxtiyor Fozilov.

Eslatib ötamiz, ÖXF 2018 yil mart oyida taşkil etilgan. 2019 yil boşida u Özbekistonning birinçi çempionatini ötkazdi. 31 may kuni yangi taşkil etilgan «Humo» klubi Oliy xokkey ligasi çempionati - Buyuk Ipak yöli kubogida iştirok etişiga qaror qilindi. 2019 yil avgust oyida «Humo-2» jamoasining Qozoğiston Respublikasi oçiq çempionatida iştirok etişi töğrisidagi qarorga kelindi.