Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) ijroiya kengaşi Bolgariya vakili Kristalina Georgiyeva nomzodini XVJ direktori lavozimiga tasdiqlaşga qaror qildi. 

Ta'kidlanişiça, Georgiyeva 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab 5 yilga XVJ boşqaruvçi direktori va ijroiya kengaşi raisi lavozimini egallaydi. Kristin Lagard örnini egallaydigan Georgiyeva XVJ taşkil etilgan 1944 yildan beri şakllanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega davlatdan bölgan birinçi XVJ direktori böladi.

Georgiyeva uşbu lavozimga yagona nomzod bölgan.

Avvalroq XVJ Georgiyeva uşbu lavozimni egallaşi uçun direktorga yoş çegarasini bekor qilgan. 1951 yildan boşlab XVJ rahbari lavozimiga 65 yoşdan kattalar qaralmagan. Georgiyeva esa 13 avgustda 66 yoşni qoralagandi. Biroq avvalgi qoidalarga köra, XVJ rahbari 70 yoşdan keyin öz lavozimini tark etişi kerak.

Kristalina Georgiyeva bolgariyalik iqtisodçi va professor, barqaror rivojlaniş böyiça mutaxassis bölib, 2010 yildan boşlab Yevrokomissiyada işlay boşlagan, 2017 yilda Jahon banki ijroçi direktori lavozimini egallagan. 

XVJ rahbari Kristin Lagard Yevropa markaziy banki raisi lavozimiga nomzodi  ilgari surilgandan keyin 12 sentyabrda iste'foga çiqqandi. Lagardning örnini uning birinçi örinbosari Devid Lipton vaqtinçalik egallab kelgan.