Xalqaro valyuta jamğarmasi ijroiya kengaşi Ukraina uçun amal qilayotgan tört yillik kengaytirilgan moliyalaştiriş (EFF) dasturining birinçi şarhini yakunladi. Qabul qilingan qarorga muvofiq, Kiyev yaqin kunlarda 690 mln dollar yoki 604 mln yevro miqdoridagi ikkinçi tranş mablağini oladi.
XVJ ma’lum qilişiça, Ukraina dastur doirasida belgilangan barça asosiy miqdoriy körsatkiçlarni öz vaqtida bajargan. Şu bilan birga, davlat boşqaruvi, korrupsiyaga qarşi kuraş, energetika va moliya sohalaridagi ayrim tarkibiy islohotlarni amalga oşiriş belgilangan muddatlarga nisbatan keçikkan.
Ikkinçi tranş ajratilişi bilan Ukraina mazkur dastur böyiça olgan umumiy mablağ hajmi taxminan 2,2 mlrd dollarga yetadi.
XVJ, şuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarşi davom etayotgan uruşi şaroitida mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini saqlaş va bozor iqtisodiyotiga ötiş jarayoni böyiça maslahatlaşuvlarni ham yakunladi. Jamğarma bu jarayon Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş maqsadlariga mos kelişini ta’kidladi.
XVJ boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyevaning ta’kidlaşiça, Ukraina oğir uruş şaroitiga qaramay iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolişga muvaffaq bölmoqda. Bu esa puxta iqtisodiy siyosat, XVJ dasturi va xalqaro hamkorlarning moliyaviy qöllab-quvvatlaşi samarasi hisoblanadi.
Biroq jamğarma Ukraina iqtisodiyoti böyiça prognozlar yomonlaşganini ham qayd etdi. Bunga Rossiyaning muhim infratuzilma ob’yektlariga hujumlari kuçaygani hamda Yaqin Şarqdagi mojarolarning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri asosiy omil sifatida keltirilgan. XVJ hisob-kitoblariga köra, Ukraina iqtisodiyoti ösişi 2026 yilda 1–1,6 foiz atrofida böladi, 2027 yilda esa ösiş sur’ati 3,5 foizgaça tezlaşişi kutilmoqda.
XVJ 2026 yil fevral oyida Ukraina uçun umumiy qiymati 8,1 mlrd dollarlik tört yillik EFF dasturini tasdiqlagan edi. Uşbu mablağ 136,5 mlrd dollarlik xalqaro moliyaviy qöllab-quvvatlaş paketining bir qismi hisoblanadi. Dastur mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaş, davlat boşqaruvini takomillaştiriş, islohotlarni davom ettiriş hamda uruşdan keyingi tiklaniş jarayonini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Şuningdek, xalqaro baholaşlarga köra, Ukraina infratuzilmasini keyingi ön yil içida töliq tiklaş uçun taxminan 588 mlrd dollar mablağ talab etiladi.













