Kun.uz saytida bir neça oy muqaddam yerini oldirib qöygan çustlik fermer Usubjon Xamdamov sarson bölayotgani haqida tanqidiy maqola e'lon qilingan edi. Maqolada sud qarori bir yildan buyon Çust tuman hokimligi tomonidan ijro etilmayotgani aytiladi.

Maqoladan söng, Çust tumani hokimi sud qarori ustidan kassatsiya şikoyati bergan. Lekin kassatsiya şikoyatini beriş muddati ötkazib yuborilgani sababli sud tomonidan şikoyat rad etilgan edi.

Kun.uz uşbu masalada öz suriştiruvini davom ettirdi. Murojaatçi Usubjon Hamdamovning sözlariga köra, sud qarori hanuz ijroga qaratilmagan, adolatsiz tarzda tortib olingan yer hamon unga qaytarilmagan.

Usubjon Xamdamov

«21 avgust kuni Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşev sayyor qabul bilan viloyatimizda böldi. Unga bor masalani tuşuntirdim. Murojaatimni tinglagan prokuror örinbosari viloyat prokuraturasi va viloyat hokimligi vakillariga sud qarorini ijroga qaratiş kerakligi haqida topşiriq berdi. Bundan taşqari, şunça vaqtdan buyon sud qarori  ijro qilinmagani uçun ularga qattiq tanbeh berdi. Öşa kuni Çust tumani hokimi davlat mukofoti bilan taqdirlangandi. Şu sababli, kayfiyati yaxşi edi. Bu işni hal qilişini aytdi. Şundan söng, tuman hokimi ham, viloyat prokuraturasidagilar ham bir neça marta masalani hal qilib beramiz deyişdi. Lekin, bu voqealardan 1 oydan oşiq vaqt ötdi hamki, sud qarori, Boş prokuror örinbosarining körsatmalari bajarilmayapti. Çustda vaziyat şunday», deydi fermer.

Şundan söng, holat böyiça izoh oliş maqsadida Namangan viloyat prokuraturasining 69-227-07-71 telefon raqamlari orqali boğlanişga harakat qildik. Biroq bu urinişlarimiz zoye ketdi.

Çust tuman hokimligi sud qarorini pisand qilmayapti, yeridan ajralib qolgan fermer esa hamon sarson-sargardon.

Bahodir Ahmedov