Namangan viloyatida chuqurligi 4 metrlik quduqqa tushib ketgan ayol FVB xodimlari tomonidan qutqarildi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa 12-sentabr kuni sodir boʻlgan. Ertalab  soat 6:46 da Namangan viloyati FVBga "112" tizimi orqali Chust tumani "Xoʻjaobod" MFY Muqimiy koʻchasida joylashgan xonadonlardan birida yashovchi 66 yoshli onaxon yashash xonadonida boʻlgan chuqurligi 4 metrlik quduqqa ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi boʻyicha xabar kelib tushgan.

Qutqaruv boʻlinmalari tezkorlik bilan voqea joyiga borib onaxonni xavfsiz hududga olib chiqishgan va tibbiyot xodimlariga topshirishgan.

Xabarga koʻra, onaxonning ahvoli yaxshi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.