Bugun, 27 sentabr kuni Ispaniyaning Barselona şahrida Yevropa xalqaro onkologiya kongressi öz işini boşladi. Unda Özbekiston delegatsiyasi ham faol iştirok etmoqda.

«Yevropa xalqaro onkologiya kongressi öz yönalişi böyiça xalqaro miqyosdagi nufuzli tadbirlardan biridir. Yevropa onkologlari assotsiatsiyasi tomonidan taşkil etilgan mazkur tadbirda dunyoning yuzdan oşiq davlatidan 30 ming nafardan ziyod onkolog olimlar, şifokorlar qatnaşmoqda.
Xalqaro kongressning oçilişida ta'kidlanganidek, onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy ta'sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammodir. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotiga köra, bunday kasalliklarga çaliniş körsatkiçi yildan yilga ösib bormoqda. Dunyoda har yili 15 millionga yaqin birlamçi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, Özbekistonda ham 100 mingdan ortiq bemor onkologik kasalliklar böyiça hisobda turadi. Onkologik kasalliklar içida sut bezi saratoni yetakçi örin egallaydi, keyingi örinlarni me'da, baçadon böyni va öpka saratoni qayd etiladi.
Mutaxassislar bu kasallikning tobora köpayib va ayniqsa «yoşarib» borayotganiga qator omillar sabab bölayotganini e'tirof etmoqda. Jumladan, atmosferaning konserogen moddalar bilan ötkir ifloslanişi, geni özgartirilgan, jumladan, tabiiy bölmagan oziq-ovqat mahsulotlari iste'molining köpayişi, jismoniy faollikning kamayişi onkologik kasallik yuzaga kelişiga sabab bölmoqda. Onkologik kasalliklardan ölim körsatkiçi yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan söng ikkinçi örinda turadi.
Şu bois, uşbu dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammoga qarşi quraşiş nafaqat soğliqni saqlaş sohasi, balki, butun jamiyat zimmasiga katta mas'uliyat yuklamoqda. Mazkur xalqaro kongress ayni şu yönalişda ilm-fan va tibbiyot amaliyoti oldida turgan dolzarb vazifalarni atrofliça tahlil etiş, jahon hamjamiyatining e'tiborini uşbu dolzarb muammoga qaratiş va muammolarning oqilona yeçimini topişga yönaltirilgani bilan ahamiyatlidir. Butun dunyoda bölgani kabi mamlakatimizda ham aholining soğlom va uzoq umr keçirişiga ta'sir etayotgan bu kasallikni barvaqt aniqlaş va davolaşning takomillaşgan usullarini yaratiş, tibbiy skrining işlarini rivojlantirişga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.
Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyati tubdan takomillaşmoqda. Hududlarda bir qator onkologik kasalliklarni erta aniqlaş böyiça skrining loyihalari amalga oşirilmoqda. Milliy emlaş taqvimimizga baçadon böyni saratonining oldini oliş maqsadida papilloma virusiga qarşi emlaş joriy etilayotir. Xalqaro kongressning oçilişi marosimida Yevropa onkologlar assotsiatsiyasi prezidenti Jozep Tabernero jahon ilm-fani va tibbiyotidagi muhim natijalar qatorida mamlakatimiz tibbiyotida erişilayotgan ana şunday öziga xos yutuqlarni ham alohida e'tirof etdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimining telegramdagi kanali xabarida.

Yevropa xalqaro onkologiya kongressi 1 oktyabrga qadar davom etadi.












