Bojxonaçilar mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarini noqonuniy olib kiriş holatlariga öz vaqtida çek qöyişmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idora vakillari bilan hamkorlikda Uçqörğon tumanida tezkor tadbir ötkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida fuqaro M.Ğ qöşni mamlakatdan noqonuniy ravişda “Norin” daryosi orqali olib ötilgan, tegişli hujjatlari bölmagan umumiy qiymati 36 million sömlik 4586 dona çöğlanma lampalar, 4 dona televizor va boşqa xöjalik mahsulotlarini qabul qilib olayotganda töxtatib qolindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.











