Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg şahrida boks böyiça bölib ötgan jahon çempionatida yuqori natijalarga erişgan sportçi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlaş töğrisida»gi farmoni imzolandi.
«Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirişga qaratilgan keng kölamli işlar va yaratilayotgan şaroitlar tufayli sportçilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qölga kiritilmoqda.
Xususan, joriy yilning 9-21 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg şahrida dunyoning 80ga yaqin mamlakatlari örtasida boks böyiça bölib ötgan jahon çempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu şijoat va mahorat namunasini körsatib, birinçi örinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi şon-şuhratini tarannum etişga katta hissa qöşganligi, yurtimizda sportni keng ommalaştiriş, soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkaziş, yoşlar ongida milliy ğurur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini kuçaytiriş borasidagi munosib xizmatlari uçun ular faxriy unvon va medallar bilan mukofotlandi», deyiladi farmon matnida.
Farmonga köra, jahon çempionlari Bahodir Jalolov va Mirazizbek Mirzaxalilov «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, Şahobiddin Zoirov esa «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi» unvoni bilan taqdirlandi.
«Özbekiston iftixori»
Jalolov Bahodir Isomiddin öğli - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim öğli - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi»
Qurbonov Marat Galiyeviç - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi
Qiliçev Tölqin Maxmuroviç - Respublika ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks böyiça murabbiyi
Erkayev Baxodir Turgunoviç - Farğona viloyati ixtisoslaştirilgan bolalar va ösmirlar sport maktabining boks böyiça murabbiyi
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi»
Zoirov Şaxobidin Şokiroviç - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Baturov Bobo-Usmon Şamsutdin öğli - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Rözmetov Dilşodbek Yusupbay öğli - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
«Şuhrat» medali bilan
Axmedov Burxon Baxramoviç - Paxtakor tumanidagi bolalar va ösmirlar sport maktabining boks böyiça murabbiyi, Jizzax viloyati
Qiliçev Farruh Komiloviç - Çirçiq ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks böyiça boş murabbiyi, Toşkent viloyati
Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi 9-21 sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg şahrida ötkazilgan turnirda 3ta oltin (Bahodir Jalolov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Şahobiddin Zoirov), 1ta kumuş (Dilşodbek Rözmetov) va 1ta bronza (Bobousmon Baturov) medallari bilan umumjamoa hisobida birinçi örinni qölga kiritgan va jahon çempionatlarining eng yaxşi natijasini qayd etgandi.












