Özbekiston Respublikasining «Iste'molçilar huquqini himoya qiliş töğrisidagi» Qonuning 6-moddasida işlab çiqaruvçi va sotuvçi iste'molçiga u tomondan sotib olinadigan mahsulotlar töğrisidagi zarur bölgan, işonçli va oçiq axborotlarni öz vaqtida taqdim etişga majbur ekanligi belgilab qöyilgan.

Muammo şundaki, köp hollarda  iste'molçi mahsulot haqida batafsil ma'lumotlarni davlat tilida oliş imkoniyatiga ega emas. Buning ustiga, mahsulot töğrisidagi axborotlar öqiş uçun nihoyatda mayda harflar bilan yozilgan bölib, undan iste'molçi öz vaqtida foydalana olmayapti.

"Özstandart" agentligining rasmiy sahifalarida ma'lum qilinişiça, mahsulot töğrisidagi axborotlar yozilgan özi yopişadigan stikerlar, uni respublikaga kirib kelguniga qadar tuşiriladi va har doim ham işlab çiqaruvçining axborotlaridan farqli ravişda işonçli axborotga ega bölmasligi mumkin. Natijada işlab çiqaruvçi taqdim etilgan axborot uçun javobgar bölmaydi.

Xalqaro amaliyot

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining (BMT) 1985 yilda tasdiqlangan prinsiplariga muvofiq iste'molçi quyidagi huquqlarga ega:

  • mahsulotlar xavfsizligi va ularning sotuvçining (işlab çiqaruvçining) takliflariga aniq muvofiqlikda işlaşi;
  • belgilangan «xizmat körsatiş» va uşbu tovarni işlaşga yaroqli holda saqlaş kafolatlari davrida mahsulotning sifati;
  • bazaviy talablarni qondiriş, hozirgi va kelajak avlodni işonçli va soğlom hayot keçirişiga tahdid körsatmaydigan soğlom atrof muhit huquqi.

Özbekiston bilan yirik iqtisodiy aloqalarga ega Rossiya Federatsiyasining «Iste'molçilar huquqini himoya qiliş töğrisidagi» qaroriga muvofiq, iste'molçilarga tovarni sotib olişda uni işlab çiqaruvçisi, standart va asosiy iste'molçi hususiyatlarini röyxatini, agar bu oziq-ovqat mahsulotlari bölsa, ularning tarkibi, kaloriyaliligi, soğliq uçun zararli moddalar miqdori va ma'lum bölgan kasalliklarda bu mahsulotni iste'mol qilişga qarşi körsatmalarni biliş huquqiga ega. Vaqt ötişi bilan istemol qiliş xususiyatlari yomonlaşişi mumkin bölgan tovarlarda yaroqlilik muddati va işlab çiqariş sanasi körsatilgan bölişi kerak.

Şunday qilib, çet elda işlab çiqarilgan tovarlarda davlat tilidagi tamğa yöqligi, iste'molçilar huquqlarini poymol qilinişiga olib keladi.