Bugun, 30 sentabr kuni – YUNISEF tomonidan vaksinalarni saqlaşga möljallangan obekt Soğliqni saqlaş vazirligining Toşkent şahri bölinmasiga topşirildi. Mazkur yangi qurilmalar vaksinalarning sifatli boşqaruvini ta'minlaşga yordam beradi.
Yangi ombor bir yoşgaça bölgan bolalarni emlaşga möljallangan 20 ming litr hajmdagi vaksinalarni saqlaş imkonini beradi. Içiga kirib yuriş mumkin bölgan sovutkiç kameralari vaksinalar sifatini ta'minlaş uçun zarur bölgan Tselsiy böyiça plyus 2-8 daraja haroratni doimiy ravişda ta'minlab turadi.


Global miqyosdagi ma'lumotlarga köra, vaksinalar yordamida 5 yoşgaça bölgan deyarli 3 million bolani ölim xavfidan saqlab qoliş mumkin. Immunizatsiya kelgusi avlodlar uçun aholi soğliğini saqlaşga qilingan eng muvaffaqiyatli va iqtisodiyot jihatidan foydali investitsiyalardan hisoblanadi.












