Bugun hamma ustozlariga hurmat körsatiş va ularni tabriklaş uçun harakat qiladi. Gul dökonlari odamlar bilan gavjum, telekanallarda turli roliklar namoyişi davom etadi.
Asosan, faqat 1 oktyabrdan bir neça kun oldin va bir neça kun keyin hurmat körsatiş davom etadi.
Biroq, aslida, hanuz ustozlar obrösi, moddiy ta'minoti töliq ta'minlangan, ular öz iş haqidan qoniqadi, deyiş qiyin. Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ma'lumotiga köra, xalq ta'limi tizimida mehnat qiluvçi 466 ming 462 nafar öqituvçining 321 ming 818 nafari, ya'ni 69 foizini ayol öqituvçilar taşkil qiladi. 144 ming 644 nafari, ya'ni 31 foizi esa sohada mehnat qilayotgan erkak öqituvçilardir.
Maktabda dars beriş xotin-qizlarga yaraşadigan iş, degan qaraş deyarli şakllanib böldi.
Aytiş joizki, davlat rahbari tomonidan ta'lim tizimiga berilayotgan e'tibor tufayli öqituvçilarning majburiy mehnatga, obodonlaştiriş işlariga jalb qilinişi holatlari bartaraf etildi, ularning oylik maoşlarini oşiriş böyiça harakatlar boşlandi.
Öqituvçilarning kasb bayrami munosabati bilan «Özavtosanoat» AJ tomonidan xalq ta'limi, oliy va örta maxsus ta'lim tizimida samarali faoliyat yuritayotgan öqituvçilar uçun 30 sentyabrga qadar imtiyozli avtomobil xaridi e'lon qilindi. Bu imkoniyat ham köpçilik öqituvçilarning kayfiyatini kötargani aniq.
Biroq soha xodimlari öz iş şaroitidan va mehnat haqidan töla rozi, deyiş mumkin yoki yöqligini aniqlaş maqsadida ustozlarning ayrimlari iştirokida sörov taşkil etildi.
Ularning ta'kidlaşiça, sohada hanuz xotin-qizlar köpligining asosiy sababi moddiyatga, ya'ni oylik maoşga borib taqaladi. Maktabdan olinadigan pul bilan butun boşli oilani ta'minlaşning iloji yöqligi tufayli erkaklar bu yönalişga kamroq qiziqadi. Yoki bugun maktablarda dars berayotgan erkak ustozlar ham maktabdan taşqari boşqa işlar bilan ham şuğullanadi.
Vaziyat şunday bölib turgan bir paytda avgust oyida ötkazilgan videoselektor yiğilişida Prezident «Maktab direktorlarining 70 foizi erkak kişi böladi», deya ta'kidlagan edi.
Şuningdek, Davlat rahbarining ta'kidlaşiça, sönggi yillarda 13 ming nafar erkak öqituvçi maktablarga qaytgan.
1 oktabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni. Şarafli kasb egalarini butun millat şu bir kun bölsa-da, boşiga kötarişiga imkon beraylik.
Zilola Ğaybullayeva
Tasvirçi: Doniyor Yakubov











