Moskvada 1-5 oktabr kunlari Özbek kinosi haftaligi bölib ötadi. Uşbu tadbir davomida nafaqat özbek badiiy filmlari namoyişlari, balki Özbekiston va Rossiya kinoijodkorlari uçraşuvlari rejalaştirilgan.
Haftalik davomida “Özbekkino” Milliy agentligi Rossiya kinokompaniyalari bilan qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça bir qator kelişuvlar imzolaydi.
Bundan taşqari, Özbekistonga Rossiya davlat kinofilmlar jamğarmasida saqlanuvçi filmlarni beriş böyiça kelişib olinmoqçi.
Özbekiston vakillari tadbir davomida VGIK, “Mosfilm” kinostudiyasiga taşrif buyuradilar va Rossiya kinosanoatining nomdor ijodkorlaridan mohirlik darslarida iştirok etişadi.
Festival dasturiga özbek rejissyorlarining 14 ta işi kiritilgan. Boş premera Umid Hamdamovning “Isssiq non” filmi böladi. “Kinoşok” festivalining boş mukofotini olgan uşbu film ilk bor Özbekistondan “Oskar” mukofoti uçun da'vogarlik qiladi.












