Toşkentda rasmiy taşrif bilan bölib turgan Rossiya parlamenti yuqori palatasi raisi Valentina Matviyenko özbek rasmiylari bilan uçraşuvda rus tilining ahamiyati xususida alohida töxtalib ötdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Matviyenko çorşanba kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va boşqalar bilan uçraşuvi çoğida rus tili va «Ölmas polk» aksiyasi haqida söz yuritgan.
«Iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorligimiz kölami bunday jadal suratda ösib borayotganini hisobga olib, şuni yaxşi tuşunimiz kerakki, biz ham rus, ham özbek tilini biladigan kadrlar tayyorlaşimiz lozim. Bu kadrlar birgalikdagi ulkan loyihalarni amalga oşiriş uçun kerak.Bu yerda masalaning ikkita jihati bor. Birinçisi, biz parlamentlar bunday ulkan kölamdagi hamkorlik munosabatlariga zamin yaratuvçi qonunçilikni uyğunlaştirişimiz kerak.
Ikkinçidan esa, til biladigan kadrlarni tayyorlaşimiz zarur. Şunisi quvonarliki, Rossiyaning 8ta yetakçi – ikkinçi darajali emas, aynan yetakçi universitetlari Özbekistonda öz filiallarini oçgan. Boşqa tomondan, 29 ming nafar özbekistonlik talaba Rosssiyada turli yönalişlar böyiça universitetlarda tahsil olyapti. Ulardan 5 ming nafari davlat stipendiyalari bilan ta'minlangan. Rossiyada talabalarga davlat stipendiyalari ajratilişi böyiça Özbekiston amalda birinçi örinda turadi – bu yil özbekistonlik talabalarning bepul öqişi uçun 223ta bepul davlat stipendiyalari ajratildi», – dedi Valentina Matviyenko.
Rossiyalik siyosatçi sözida davom etar ekan, Özbekiston prezidenti, hukumati va Oliy Majlisga rus tilini qöllab-quvvatlaşda davom etayotgani uçun minnatdorlik bildirdi.
«Bu – har tomonlama dolzarb masala. Rus tili – millatlararo muloqot tili. Köpmillatli Özbekiston uçun bu muhim ahamiyatga ega, deb öylayman. Bu yerda 130dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Bizning özaro muloqotimiz uçun, sobiq sovet hududidagi hamkorlar bilan aloqa örnatişimiz uçun rus tili kerak», – deb qayd etdi Matviyenko.
Rossiya parlamentining yuqori palatasi rahbari, şuningdek, «Ölmas polk» aksiyasining dolzarbligi haqida ham gapirib ötdi.












