Qirğiziston hukumati telekanallardan milliy tildagi efir uluşini qonunçilik talablariga muvofiq 60 foizga yetkazişni talab qildi. Bu haqda Qirğiziston madaniyat, axborot va yoşlar siyosati vaziri örinbosari Marat Tagayev ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, ba’zi xususiy kanallar talablarga rasman rioya qiliş uçun ön yil avvalgi qirğiz tilidagi dasturlarni takroran namoyiş etadi va mahalliy kontent yaratmaydi.

«Biz xususiy telekanallar va ularning öz strategiyalari rivojlanişiga tösqinlik qilmaymiz. Ammo qonun talablari, ayniqsa, qirğiz tiliga oid normalar qat’iy bajarilişi şart. Men media-bozordagi vaziyat bilan tanişman, ammo biz tomoşabinlar huquqlarini himoya qilişga majburmiz», dedi Tagayev.

Uning ta’kidlaşiça, telekompaniyalarga «Qirğizfilm» va «Qirğizserial» fondlaridan 400 dan ortiq film, 40 ta multfilm va 10 ta serial bepul taqdim etilgan.

Fevral oyining oxirigaça ular özini qirğiz tilidagi kontent bilan ta’minlaşi uçun uşbu muassasalar bilan şartnoma tuzişi kerak. Aks holda, vazir örinbosarining sözlariga köra, hukumat yil oxirigaça «bunday xususiy telekanallarga nisbatan çora köradi».

Televideniyeda davlat tilini qöllaş töğrisidagi qonunga özgartirişlar ötgan yilning avgust oyida qabul qilingan. Bungaça kanallar efir setkasining 50 foizini qirğiz tilidagi kontent bilan töldirişi kerak edi.

Ayni paytda Qirğizistonda 42 ta telekanal faoliyat yuritmoqda, ulardan ikkitasi (MTRK va ELTR) rasman davlat tomonidan moliyalaştiriladi. Şuningdek, «Mir» davlatlararo teleradiokompaniyasi işiga ham ğazna hisobidan haq tölanadi.