Ozarboyjon kinoteatrlarida rus tilidagi filmlar namoyişi qisqartirildi, deb yozdi Minval. Agar ilgari bunday seanslarning uluşi 70 foizga yetgan bölsa, endi 30 foizgaça kamaydi. Xususan, 13 ta filmning faqat törttasi rus tilida, qolganlari turk tilida efirga uzatilgan.

Naşrning aniqlik kiritişiça, sönggi paytgaça hammasi aksinça edi. Ismlari va lavozimlari keltirilmagan ekspertlar bu qarorni mantiqqa mos deb atadi. Ularning sözlariga köra, Ozarboyjon aholisining «katta köpçiligi» rus tilini bilmaydi, ammo turk tilini «yaxşi tuşunadi», şuning uçun bunday qaror kinoteatrlarga auditoriyani kengaytiriş imkonini beradi.

Rus tili Ozarboyjonda na davlat, na mintaqaviy darajada rasmiy maqomga ega emas. 10,1 milliondan ortiq aholining qançasi bu tilda gaplaşişi aniq ma’lum emas. 2024 yil avgust oyida respublika prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatda rus tilida öqitiladigan 324 ta maktab faoliyat yuritayotgani, ularda 160 mingga yaqin öquvçi ta’lim olayotganini aytgan edi. Yana 800 mingdan ortiq öquvçi rus tilini xorijiy til sifatida örganmoqda.

Kinoteatrlar Moskva va Boku örtasidagi munosabatlarning yomonlaşuvi fonida rus tilidagi namoyişlarni qisqartirmoqda. Ötgan yil dekabr oyida Grozniy ustida Azerbaijan Airlines samolyotiga zarba berilgan, oqibatda Qozoğiston hududida falokatga uçrab, 38 kişi halok bölgandi.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyadan halokatdagi aybini tan olişni talab qildi. Biroq, Rossiya tomoni tergov yakunlanmaganini aytib, xulosa qilişga şoşilmaslikka çaqirdi. Bu esa Aliyevning keskin munosabatiga sabab böldi va u xalqaro sudga da’vo arizasi bilan murojaat etiş niyatini e’lon qildi.

Şu yil yozda Yekaterinburgda Ozarboyjonning 10 nafardan ortiq fuqarosi köp yillar avvalgi qotilliklarda gumonlanib qölga olindi. Ulardan ikki nafari - aka-uka Ziyoddin va Husayn Safarovlar halok böldi. Aliyev rossiyalik huquq-tartibot xodimlarini hibsga olinganlarni qiynoqqa solganlikda, söngra öldirganlikda va şu bilan birga ozarboyjonliklar «yurak xurujidan vafot etgan» deb yolğon gapirganlikda aybladi.

Bunga javoban Boku rossiyaliklarni hibsga olişni boşladi va Moskva bilan bir qator yönalişlarda hamkorlikni muzlatib qöydi. Şundan söng, Kreml Ozarboyjonga propagandaçi Vladimir Solovyov tilidan «yangi maxsus harbiy operatsiya» bilan tahdid qildi. Aliyev, öz navbatida, mamlakat uruşga tayyorlanişini aytib, respublikaning SSSR tarkibidagi tarixini «okkupatsiya» deb atadi.