Qozoğistonda rus tilidan foydalaniş töğrisidagi ta’rif yangi Konstitutsiya loyihasida özgartirildi, dedi respublika konstitutsiyaviy sudi raisi örinbosari Baxit Nurmuxanov.

«Yangi konstitutsiyaning 9-moddasida «teng» sözi «qatori» söziga almaştiriladi», dedi Nurmuxanov.

U loyihadagi tahririy va uslubiy özgarişlar «terminologik va semantik bir xillikni ta’minlaş bilan boğliqligini» ta’kidladi.

Qozoğistonning amaldagi konstitutsiyasi matni 7-moddasining hozirgi variantiga köra, davlat taşkilotlari va mahalliy özini özi boşqariş organlarida rus tili rasmiy ravişda qozoq tili bilan «teng» qöllaniladi. Qozoğistonda yagona davlat tili qozoq tilidir.

Munozaralarga köra, «teng» sözi bilan ifodalaniş rus tilini amalda davlat tili maqomiga tenglaştiradi – nafaqat muloqot tili, balki deyarli ikkinçi davlat tili sifatida qabul qilinadi.

Qozoq tili bilan bir «qatorda» iborasi quyidagilarni anglatadi: qozoq tili - yagona davlat tili, rus tili u bilan birga, lekin teng maqomga ega bölmagan holda qöllaniladi. Rus tili yuridik maqomi böyiça davlat tiliga teng emas, balki millatlararo muloqotning funksional tili sifatida tan olinadi.

Qozoğistonning yangi konstitutsiyasi loyihasi 31 yanvar kuni e’lon qilindi. Jamoatçilik muhokamasidan söng u umumxalq referendumi, ya’ni barça fuqarolarning ovoz berişi orqali tasdiqlanişi kerak. Refrendum sanasi hali belgilanmadi.