Migrantlarning uçdan bir qismidan köproği birinçi urinişda rus tili imtihonidan ötolmadi. Bu haqda Rossiya Ta’lim va fan vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2025 yilning iyul oyidan sentabr oyigaça rus tili böyiça imtihonni birinçi urinişda çet elliklarning 35 foizdan ortiği topşira olmagan. Umuman olganda, bu davrda Rossiyada işlaş ruxsatnomasi yoki patent oliş uçun zarur bölgan test sinovlarida 275,6 ming kişi iştirok etdi. Ularning deyarli 87 foizi rus tilidan imtihonni muvaffaqiyatli topşirdi.

Birinçi darajadagi attestatsiya Rossiyada işlaş ruxsatnomasini oliş uçun talab qilinadi va faqat til biliş imtihonini öz içiga oladi. Ikkinçi blok vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma (RVP), uçinçi blok esa yaşaş uçun ruxsatnoma (VNJ) beriş uçun zarur. Ular Rossiya qonunçiligi tarixi va asoslari böyiça testlarni öz içiga oladi. Vazirlikning aniqlik kiritişiça, imtihonni mamlakat hududidagi 203 ta punktda topşiriş mumkin. Ular Rossiyaning barça sub’yektlarida, şuningdek, uning taşqarisida, xususan, Tojikiston va Özbekistonda ham taşkil etilgan.