Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Özbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasidan ötkaziş töğrisida” 2000 yil 16 avgustdagi 325-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi:
“4. Attestatsiya jarayonini adolatli va xolisona ötkaziş uçun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi bilan birgalikda har yili avgust oyida oliy ta'lim muassasalari reytingi haqidagi ma'lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin.”.
Amaldagi tahrir quyidagiça edi: “Attestatsiya jarayonini adolatli va xolisona ötkaziş uçun Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlaş sifatini nazorat qiliş, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalari attestatsiyasi boşqarmasi “Ijtimoiy fikr” jamoatçilik markazi bilan birgalikda har yilning avgust oyida oliy ta'lim muassasalari reytingi haqidagi ma'lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin.”.












