Iroq boş vaziri Odil Abd al-Mahdiy poytaxt Bağdodda 3 oktabr soat 5dan komendantlik soati kiritilişini e'lon qildi. Bu haqda INA axborot agentligi xabar berdi.

Norozilik namoyişlari sababli kiritilayotgan komendantlik soati uning bekor qilinişi e'lon qilingunga qadar amal qiladi. 

Namoyişlar 1 oktyabrda boşlangan, uni tarqatiş vaqtida 2 kişi halok bölgan, 200 dan köproq kişi jarohat olgan. 2 oktyabrda norozilik namoyişlari nafaqat Bağdodni, balki boşqa viloyatlarni ham qamrab olgan. Namoyişçilar turmuş tarzi yaxşilanişi, soğliqni saqlaş, ta'lim va mehnat bozoridagi muammolarning hal qilinişi, korrupsiyaga qarşi kuraşni talab qilişmoqda. 

Al-Sumaria telekanali ma'lumotlariga köra, Zi-Kar viloyatida namoyişçilarni tarqatiş vaqtida 5 kişi halok bölgan, 50 kişi yaralangan.

Bağdodda xavfsizlik xizmatlari hukumat binolari va elçixonalari joylaşgan Yaşil hududga olib boruvçi uçta köprikni tösib qöyişgan.

3 oktyabrga ötar keçasi uşbu hududga ikkita raketa tuşişi oqibatida portlaşlar sodir bölgan. Birinçi raketa Turkiya elçixonasi, ikkinçisi al-Xarisiya köprigi oldiga tuşgan. 

Şuningdek, Vasit va Zi-Kar viloyatlarida ham komendantlik soati e'lon qilingan. Najaf viloyatida namoyişçilar mahalliy hokimiyat binosiga öt qöyişgan.

Boş vazir namoyişlar sababli xavfsizlik kengaşining favqulodda yiğilişini çaqirtirgan.

OAV ma'lumotlariga köra, mamlakatda Facebook, WhatsApp va boşqa ijtimoiy tarmoqlar qisman tösilgan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda namoyişlarga çaqiriqlar va voqea joylaridan videolar tarqatilgan.