Özbekistonning Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT)ga qaytişi masalasi ayni damda kun tartibida emas. Bu haqda Rossiya Federatsiyalar kengaşi raisi Valentina Matviyenko Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralardan söng ma'lum qildi.
«Bunday imkoniyat bor. KXŞT eşiklari Özbekiston uçun oçiq, biroq bu masala ayni damda kun tartibida emas», - dedi u.
Matviyenkoning qayd etişiça, Özbekiston qonunçiligida mamlakatning şunday ittifoqlarga qöşilişiga imkon bermaydigan normalar belgilab qöyilgan.
«Men bu masala qaçondir kun tartibiga qaytişi mumkinligini istisno etmayman, lekin prezident bilan uni muhokama qilmadik», - dedi Matviyenko.
Özbekiston MDH xavfsizligini ta'minlaşni nazarda tutgan uşbu taşkilotdan 1999 yilda çiqib ketgan va 2006 yil avgustida yana qayta a'zo bölib kirgan edi.
KXŞTni barpo etiş haqidagi bitim 1992 yilning may oyida Toşkentda imzolangan edi.
Unga sobiq Sovet Ittifoqining töqqiz respublikasi a'zo bölib kirgan.
Hozirda uşbu taşkilotga Armaniston, Belorus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston a'zo bölib qolmoqda.












