«Tashkent Book Fest» 1-Toşkent kitob körgazma-yarmarkasi doirasida bir qator mualliflarning kitob taqdimotlari ham ötkaziş rejalaştirilgan.

Körgazmaning dastlabki kuni bir neça kitoblar kitobxonlarga taniştirildi. Şu jumladan, Özbekiston Respublikasi san'at arbobi Ibrohim Ğafurovning «Mehr quyoşi» kitobi taqdimoti ham bölib ötdi. Asar Ğafur Ğulom nomidagi NMIU tomonidan naşr etilgan. 

Taqdimotda iştirok etgan Anvar Obidjon, Xurşid Döstmuhammad kabi yozuvçilar uşbu kitob haqida öz fikrlari bilan bölişdilar. «Kitobda köplab ta'sirli örinlar, öylaşga, muşohadaga tortadigan satrlar mavjud. Masalan, köz oldingizga keltiring, kitobdan bir dona kiprik tolasini topsangiz nimani öylaysiz?.. Muallif bu otamni yoki onamni kiprigi emasmikin, deb xayolga toladi. Şu birgina zarradek narsa insonga hayoti ötmişini eslatadi. Bunday topilmalar kitobda juda ham köp», deydi X.Döstmuhammad.

Şuningdek, yozuvçi körgazma-yarmarka xususida taassurotlarini sözlab berdi: «Dunyoda bayramlar köp. Bölib ötayotgan bu körgazma qalamkaş va kitobxonlar uçun alohida bir bayram. Bu yerda siz yangi kitob körasiz, demakki, yangi fikr olasiz, yangilik topasiz. 

Mazkur körgazmada kitoblar naşr etiş texnologiyasi rivojlanib ketganini köryapmiz. Şu hisobda Özbekistondagi naşriyotlar ham xorijnikidan kam emas. Mavzular xilma-xilligi, mualliflarning, tarjima adabiyotlarning köpligi quvontiradi, albatta».