25 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev soliq siyosatini takomillaştiriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Unga köra, tadbirkorlik sub'yektlarini yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida qöşilgan qiymat soliği (QQS) stavkasi 20 foizdan 15 foizga tuşirildi.

3 oktabr kuni Xalqaro press-klubda şu mavzuga bağişlangan muloqot bölib ötdi. Unda Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov ham iştirok etib, öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

«QQS stavkasining pasayişi haqida gapiriş oson. Lekin buning orqasida juda katta mehnat yotibdi. QQS stavkasining 20 foizdan 15 foizga tuşirilişi – soliq tuşumining 25 foizga kamayişini anglatadi. Şu bilan birga, şunday mexanizm joriy qildik-ki, QQS tölovçilarning soni oşdi. Endi QQS tölovçilar zanjirining uzluksizligini ta'minlaş uçun soliq tölovçilarning özlari şu tizimga ötmoqda. 4 mingdan ortiq tadbirkor öz ixtiyori bilan şu soliqni tölayman deb yuribdi. Bundan taşqari 1 oktyabrdan QQS böyiça köplab imtiyozlar bekor qilindi. 

QQS stavkasining pasayişi birinçi navbatda davlat budjeti daromadlarining kamayişiga olib keladi, taxminan 10 trillion sömga. Ikkinçi tomondan, bu mablağlar soliq tölovçilarning ixtiyorida qoladi. 

Albatta QQSni oxir-oqibatda iste'molçi, xalq tölaydi. Ammo QQS stavkasining pasayişi natijasida bu mablağlar tadbirkorlik sub'yektlari hisobida qoladi, ularning aylanma mablağlari köpayadi. 

QQS stavkasi 15 foizga pasayganini 2020 yilgi budjet loyihasida inobatga olganmiz», - dedi Dilşod Sultonov.