Toşkent şahrida tajriba tariqasida ötkazilgan köçmas mulkni ommaviy baholaşning dastlabki natijalari jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Mulkdorlar baholaş natijasi bilan MyGov portalidagi tegişli xizmat orqali tanişişi va baholaş natijasiga roziligi yoki rozi emasligini bildirişi mumkin.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, poytaxtdagi qariyb 600 mingta kvartiraning umumiy qiymati 426,7 trln söm deb baholangan. Bu obyektlarning amaldagi kadastr qiymati esa qariyb 57,7 trln sömni taşkil etadi. Örtadagi farq – 7,3 barobarni taşkil etmoqda.
7-sentabr kuni baholaş natijalariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda baholaş natijalari kelgusida mol-mulk soliğining oşişiga olib keladimi, degan masala muhokama markazida böldi.
Fiskal tahlillar instituti direktori örinbosari Dilşod Sultonovning aytişiça, ommaviy baholaş natijasida köçmas mulkning qiymati oşgani – soliq yukining avtomatik ravişda şunça miqdorda oşişini anglatmaydi.
Uning sözlariga köra, soliq yukini oşirmaslik böyiça topşiriq berilgan. Şu sababli hozir asosiy vazifa yangi qiymatlar bazasini şakllantiriş, metodikani sinovdan ötkaziş va keyinçalik soliq stavkalarini belgilaş masalasini körib çiqişdan iborat.
“Vazifamiz stavkani muhokama qiliş emas. Çunki soliq yukini oşirmaslik uçun topşiriq berilgan. Hozir asosiy masala yerning qiymatini hisoblaş, aktivlarni hisobga oliş”, – dedi Sultonov.
Baholaş natijalari eʼlon qilingaç, fuqarolardan murojaatlar kelib tuşmoqda. Ular asosida maʼlumotlar bazasi qayta körib çiqiladi. Xususan, kvartira maydoni, qavati yoki boşqa texnik maʼlumotlari notöğri kiritilgan bölsa, bunday xatolar tuzatiladi.
“Davlat qança aktiv borligini bilişi kerak”
Hozirgi tizimda köçmas mulkning kadastr qiymati bozor narxidan sezilarli darajada farq qilişi mumkin. Ommaviy baholaşdan közlangan asosiy maqsadlardan biri – şu tafovutni kamaytiriş va köçmas mulkning iqtisodiy qiymatini aniqroq hisobga olişdir.
“Davlat bilişi kerak qança aktiv bor, qança uy-joy borligini. 2018-yilda birinçi marta koeffitsiyentli reforma qilingan. Lekin şunga qaramay, bozor öz joyiga kelmagan, narxlar bozor qiymatidan keskin farq qilişni boşlagan”, – dedi Dilşod Sultonov.













