Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş, fiskal tahlillar instituti Özbekistonda xarid çeklarini “Soliq” ilovasida röyxatdan ötkazgan şaxslarga xarid summasining 1 foizini keşbek şaklida qaytarib beriş amaliyotini töxtatişga çaqirmoqda.
Institut direktori örinbosari Dilşod Sultonov Kun.uzʼga bergan intervyusida aytişiça, keşbek tizimi avvalboşidan odamlarda çek söraş madaniyatini şakllantiriş uçun vaqtinçalik çora sifatida joriy qilingan.
“Keşbek tölaş tizimi qança tez bekor qilinsa, şunça yaxşi. Çunki 80 foiz pul şundoq ham çek beradigan taşkilotlar [mijozlari]ga ketyapti – bular katta supermarketlar, katta ovqatlaniş şoxobçalariga töğri keladi. Şu sababli keşbek tizimini olib taşlab, fuqarolar örtasida yutuqli öyin ötkazişni taklif qilyapmiz. Hozir 20 mln sömgaça qiymatdagi çeklarni uriş mumkin, bu limitni olib taşlaylik, odamlar istalgança çek ursin va lotoreya asosida 200 mln lik maşina beraylik”, – deydi Sultonov.
Uning aytişiça, “institut 20 foiz soliq tölovçi nazorati uçun byudjyetdan har yili 150 mln dollar ajratişda ma’no körmayapti”.
“Bu boşidan vaqtinçalik çora edi, odamlarda çek söraş madaniyatini şakllantirmoqçi edik. Öylaymanki, bu samara berdi. Hozir öğriliklar köpayyapti, qalbaki çeklarni ötkaziş holatlari bor, çeklarni sotiş boşlandi. Yiliga 150 mln dollar keşbek tölanyapti, bu 120 örinli 300 ta boğça degani”, – dedi Dilşod Sultonov.
Sultonovning qöşimça qilişiça, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga qöy, mol va parranda göşti mahsulotlari, tuxum, ösimlik yoği, un, şakar, dori vositalari hamda tibbiy xizmatlar böyiça amalga oşirilgan xaridlar uçun odatdagi 1 foizlik keşbek örniga xarid summasida tölangan qöşilgan qiymat soliği (QQS)ning töliq miqdori (12 foiz) qaytarilişi tartibi bekor qilinmaydi.
“Biz hammaga birdek göşt uçun QQSdan imtiyoz bera olmaymiz, kambağal qatlam haftasiga yarim kilo göşt olsa, boylar bir haftada 5-10 kg olişi mumkin. Bu imtiyoz boylar uçun xizmat qilişiga sabab bölişi mumkin. Bu tizim maqsadli işlagani uçun u davom etadi, faqat takomillaştiramiz. Sababi soxta çeklar orqali QQSni qaytarib oliş holatlari avj oldi”, – deydi u.
Institut ma’lumotlariga köra, 2022 yilda 1 foizlik soliq keşbeki tölovlari hajmi 820 mlrd sömni taşkil etgan bölsa, 2026 yilda bu mablağ 1,8 trln sömga yetişi mumkin. 2026 yilda boğçalar qurilişi uçun davlat byudjyetidan bundan ikki barobar kam – 900 mlrd söm mablağ ajratiş rejalaştirilgan.











