GFR içki işlar vaziri Xorst Zeyexofer Yevropada 2015 yildagidan kuçliroq yangi migratsiya inqirozi yuz berişidan xavfsirayotganini aytdi.
"Biz yevropalik hamkorlarimizga YeI taşqi çegaralarini nazorat qilişda köproq yordam berişimiz kerak. Ularni uzoq vaqt yolğiz qoldirdik", dedi Zeyexofer Bild am Sonntag tabloidiga bergan intervyusida. "Agar bunday qilmasak, bizni 2015 yildagi kabi, ehtimol tört yil oldingidan ham kuçliroq qoçoqlar oqimi kutmoqda", deb qöşib qöydi u.
Uning sözlariga köra, Yevropa komissiyasining yangi rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan birgalikda "bu yana takrorlanmasligi uçun barça narsani qiliş kerak". Bu masala böyiça Germaniya IIV "federal kansler tomonidan har tomonlama qöllab-quvvatlanmoqda", deya ta'kidladi u.
Germaniya IIVning ma'lumotlariga köra, 2015 yilda GFRga 850 mingga yaqin qoçoq va muhojirlar kelgan, ularning aksariyati mamlakatga noqonuniy ravişda, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz kirgan.












