Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan Soğliqni saqlaş vazirligi bilan hamkorlikda Toşkent viloyati, Bekobod tumanidagi 15-sonli MTT tarbiyalanuvçilarida kuzatilgan ötkir diareya va gastroenteritning kelib çiqiş sabablari batafsil örganib çiqildi.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni Saqlaş vazirligi qoşidagi Respublika DSENM xulosasiga köra, bolalarda kuzatilgan ötkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlaş texnologiyasining qöpol tarzda buzilişi, nomuvofiq taomnoma hamda ovqatlaniş bölimi va MTTning boşqa xodimlari (tarbiyaçilar va tarbiyaçi yordamçilar) tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmaganligi sabab bölgan.
15-sonli MTT mudirasi Mohira Rahmatullayeva, oşpaz Şohida Qahramonova va hamşira Mavluda Ergaşeva lavozim majburiyatlarini bajarmaganligi va loqayd xatti–harakati natijasi oqibatida bolalar soğliğiga zarar yetkazilganligi sababli, egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar.
27 sentyabrdan 6 oktyabrgaça MTT faoliyati vaqtinçalik töxtatilgan. Taşkilotda umumiy tozalaş, dezinfeksiya tadbirlari va MTTdagi sanitariya-texnika vositalarini ta'mirlaş işlari amalga oşirilgan. Xodimlarga sanitariya normalari va qoidalari böyiça 3 kunlik öqiş taşkil etilgan.
MTT 7-oktyabrdan boşlab işga tuşdi va tarbiyalanuvçilarni yana qabul qila boşladi, deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Bekoboddagi bolalar zaharlangan boğça vaqtinça yopildi, mas'ul xodimlarga çora körilişi kutilmoqdaSSV: Bekobodda boğça bolalari bilan röy bergan ovqatdan zaharlaniş holati nazoratga olinganBekobodda boğça bolalari ovqatdan zaharlandi











