Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyiş, aksiz markasiz yoxud boşqa davlatlarning aksiz yorliğiga ega bölgan tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilişini oldini oliş bojxona organlari zimmasiga yuklangan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining bojxona çegaralari orqali noqonuniy olib ötilişiga va içki hududda noqonuniy aylanmasiga qarşi keskin çoralar körilmoqda. Şunga qaramay bu kabi holatlar hali hamon uçrab turibdi.
Jumladan, “Oybek” çegara bojxona postiga qöşni davlatdan kirib kelgan fuqaro E.F. boşqaruvidagi “Volvo FH 12” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, avtomaşina yukxonasida yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan va oğzaki sörovda aytilmagan 40 quti tamaki mahsulotlari yaşirinça olib kirilayotganligi aniqlandi.

Şuningdek, “Ğiştköprik” çegara bojxona posti xodimlari tomonidan mazkur postga kirib kelgan “YUTONG” rusumli avtobus bojxona körigidan ötkazilganida, uning salonidagi isitiş tizimi içida fuqaro I.M. ga tegişli bölgan, yölovçi bojxona deklaratsiyasida yozib körsatilmagan va oğzaki sörovda ma'lum qilinmagan, qiymati 15 million sömlik jami 500 quti elektron tamaki mahsulotlarini qöşni davlatdan yaşirinça olib kirilayotgani aniqlandi.
Yana bir holatda mazkur post xodimlari tomonidan qöşni davlatga ötiş uçun kelgan fuqaro Z.U. boşqaruvida bölgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi bojxona körigidan ötkazilganida, uning yukxonasi qoplamasi ostida, yölovçi bojxona deklaratsiyasida yozib körsatilmagan va oğzaki sörovda taqdim qilinmagan qiymati 11,4 million sömlik jami 380 quti elektron tamaki mahsulotlari yaşirilganligi ma'lum böldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.











