“Rossiya 1” telekanalida “O samom glavnom” (Eng asosiysi haqida) dasturi efirida şifokor Aleksandr Myasnikov organizmda onkologik kasalliklar rivojlanayotganidan darak beruvçi alomatlar haqida sözlab berdi.
Myasnikovning ma'lum qilişiça, saraton xavfi omillarini maxsus tahlillar ötkazmasdan inson tanasida ham aniqlaş mumkin. Şu sababli şifokor taşrif buyuruvçini sinçkovlik bilan közdan keçirişi lozim.
Terining quruqligi, qiçima va qora akantoz, qöltiq va kökrak ostida qora doğlar bölişi onkologiya, jumladan oşqozon saratoni alomatlari bölişi mumkin. Bundan taşqari, bu alomatlar bemorda qandli diabet, gipoterioz (endokrin kasallik) va gipofiz kasalliklari borligidan darak berişi mumkin.
Tirnoq plastinasining özgarişi ham köpinça yomon sifatli ösimtalar rivojlanayotganidan darak beradi. “Tirnoqlardan melanoma borligini ham köriş mumkin, bunda tirnoqlar xuddi qisib olingandek kökimtir rangda böladi”, deb aytgan şifokor.
Saratonning yana bir alomati yaralarning yomon bitişi hisoblanadi. Inson tanasidagi papillomalar (sögallar) ham organizmda (köpinça baçadon böynida) ösimtalar rivojlanişiga olib keluvçi onkogen viruslar borligidan darak berişi mumkin.
Öz navbatida, tuxumdonlar saratonidan ayollar yuzida me'yoridan köp tuk bölişi – girsutizm darak berişi mumkin.












