Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, respublikada qulay investitsion muhit yaratiş, şuningdek tadbirkorlik faoliyatiga ğov böluvçi byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş böyiça ulkan sa'y-harakatlar amalga oşirib kelinmoqda.

Prezidentning 2019 yil 5 fevraldagi «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritiş» yillik hisobotida Özbekiston Respublikasining reytingini yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4160-sonli qarori ham şu jumladandir.

Mazkur Qarorda Özbekiston Respublikasi reytingini 2022 yilga qadar 20-öringaça kötariş vazifasi belgilangan.

Afsuski, «Biznes yuritiş» yillik hisobotida quriliş-arxitektura sohasi eng muhim indikatorlardan biri bölişiga qaramasdan, 2019 yilgi natijalarga köra mazkur soha böyiça Özbekiston 134-örinni egallagan (Ma'lumot uçun: Biznesni röyxatdan ötkaziş böyiça 12-örin, elektr energiyasiga ulaniş böyiça — 35-örin, şartnomalarni bajariş böyiça — 41-örin) bölib, bu körsatkiç barça indikatorlar içida eng past natija hisoblanadi.

Quriliş-arxitektura sohasini isloh qiliş, ruxsat beriş tartib taomillarini qisqartiriş böyiça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi «Arxitektura va quriliş sohasida davlat xizmatlari körsatişning ayrim ma'muriy reglamentlarni tasdiqlaş töğrisida»gi 370-sonli qarori katta qadam böldi.

Biroq, vakolatli davlat organlari, xususan Toşkent şahar Quriliş boş boşqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Prezident tomonidan olib borilgan islohotlarning tub mohiyatini anglamasdan tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qiliş holatlari kuzatilmoqda.

Masalan, poytaxtning Mirzo Uluğbek tumani, Buyuk Ipak yöli mavzesi, 45- va 40-uylar oldida joylaşgan köp qavatli avtoturargohni savdo, maişiy xizmat körsatiş majmuasi va ofisga ixtisoslaştirib, rekonstruksiya qiliş eskiz loyihasi asossiz vajlar bilan rad etilgan. Biroq, aynan şu obekt eskiz loyihasi heç qanday özgartirişlarsiz kelişiş uçun qayta yuborilganda mazkur murojaat qanoatlantirilgan.

Şu holatda örinli savol tuğiladi: nega endi birinçi marta kelişiş uçun taqdim etilgan eskiz loyiha rad etilganu, ikkinçi marta heç qanday özgarişlarsiz taqdim etilganda eskiz loyihasi tasdiqlangan?

Bu kabi holatlar ayrim hollardagina emas, balki muntazam ravişda davom etib kelmoqda. Xususan, yuqorida qayd etilgan holat Kiçik halqa yöli köçasi 9-uy yonida joylaşgan köp qavatli avtoturargoh, maişiy xizmat körsatiş majmuasi, ofis uçun ma'muriy binolarni quriş eskiz loyihasini kelişiş böyiça murojaatlarni körib çiqiş jarayonida ham takrorlangan.

Arxitektura-quriliş sohasidagi vakolatli davlat organlarining eng «sehrli» iboralaridan biri bu — «qizil çiziq».

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 avgustdagi «Toşkent şahrida boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş böyiça huquqiy eksperiment töğrisida»gi PF-5515-sonli Farmonida Toşkent şahrining tasdiqlangan boş rejasi mavjud emasligi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini yanada kengaytirişga imkon bermayotgani e'tirof etilgan va şaharning boş rejasini işlab çiqiş böyiça tegişli topşiriq berilgan.

Endilikda yana bir örinli savol paydo böladi: qanday qilib prezident farmonida Toşkent şahrining boş arxitektura rejasi mavjud emas deb körsatilgan bölsa-da, vakolatli organ xodimlari özboşimçalik bilan xohlagan joylarida «qizil çiziq» belgilab olmoqdalar?

Xuddi şunday «qizil çiziq» vaji bilan Yakkasaroy tumani Kiçik halqa yöli köçasidagi yer maydonida joylaşgan ofis binosini quriş eskiz loyihasini kelişiş rad etilgan (2019 yil 17 maydagi 31-918/A-sonli xulosa). Eng qiziği, aynan şu loyiha yana heç qanday özgarişlarsiz taqdim qilinganda 2019 yil 31 maydagi 31-1039/A-sonli xulosa bilan kelişilgan.

Yuqoridagi holatlardan kelib çiqib, quriliş va arxitektura sohasidagi amaldorlar Prezident tomonidan qöyilgan oliy maqsad tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, investitsion muhitni yaxşilaş ekanligini yoki unutib qöyganlar yoki şaxsiy manfaatlarini xalq manfaatidan ustun qöymoqdalar.

Xulosa özingizdan. Işlar şu yösinda davom etaversa «Biznes yuritiş» yillik hisobotida qanday qilib 134-örindan siljiş mumkin?

Oybek HASANOV.