Özbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan muloqotda eksportni oşiriş va milliy brendlarni taşqi bozorlarga olib çiqiş böyiça qator yangiliklarni e’lon qildi.
Örganişlarga köra, eksportçilarning 40 foizi xorijlik mijoz topişga, 36 foizi standart va sertifikatsiya talablariga moslaşişga qiynalmoqda. 37 foizida qulay moliyaviy instrumentlar, 33 foizida bozor, marketing va brend böyiça könikmalar yetişmaydi.
Valyuta böyiça talablar
Eksportda muddati ötgan qarzdorlik muammosi böyiça yengilliklar beriladi. Yil yakunigaça qarzni qoplaş uçun bank hisobraqamiga valyuta qöyilsa, u eksport tuşumi sifatida qabul qilinadi.
Tovar uçun tölov kelmagan bölsa ham eksportga çeklov bekor qilinadi, invoysda 50 foiz oldindan tuşum talabi olib taşlanadi.
Savdo uylari va distribyutorlar orqali eksportda valyuta tuşumini ta’minlaş muddati 180 kundan 365 kunga uzaytiriladi.
“Eksport navigator”
Davlat rahbariga köra, taşqi bozorga çiqişning barça bosqiçlarida kompleks xizmat körsatadigan “eksport navigator” tizimi yölga qöyiladi. Xorijda talab yuqori bölgan 100 ta mahsulotning röyxati şakllantiriladi.
Har bir mahsulot böyiça taşqi bozordagi raqobatçilar, tarif tizimi va logistika yeçimlari işlab çiqiladi. 2 mingta korxonaning işlab çiqariş jarayoni taşqi bozor va xaridor segmentiga moslaştiriladi.
Tadbirkorlarga xorijiy brendmeyker jalb qiliş xarajatining yarmi – 500 ming dollargaça qoplab beriladi. Milliy brendni taşqi bozorda tarğib qiliş va xalqaro talablarga moslaştiriş uçun 50 ming dollargaça subsidiya ajratiladi.
Marketpleyslarda omborga joylaştiriş va sotiş xarajatining yarmi, xalqaro tenderlar uçun konsalting xarajatining 80 foizi kompensatsiya qilinadi. Eksportçilarni qöllab-quvvatlaşning yagona tizimiga kamida 1 milliard dollar yönaltiriladi.
“Bugun dunyoda bozor uçun kuraş kun sayin kuçayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga çiqqan tadbirkor heç qaçon özini yolğiz his qilmasligi kerak”, – dedi prezident.
“Eksport elçilari”
Elçilarga qayerda yangi imkoniyat va bozor bölsa, tadbirkorlarni birinçi bölib “qölidan uşlab” olib boriş vazifasi qöyildi.













