Hozir Özbekistondagi 51 ta vazirlik va idorada 322 ta yönalişda moliyaviy jarima qöllaş vakolati bor. 2024-2026-yillarda qariyb 3 trillion sömlik jarima qöllanilgan. Bu haqda 21 iyul kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzuridagi selektorda ma’lum qilindi.
Yiğilişda davlat rahbari jazo qöllaydigan taşkilotlar mas’ullarining ongi va dunyoqaraşi özgarişi zarurligini aytdi.
Ta’kidlanişiça, ular tadbirkorni jazolaşdan oldin unga imkoniyat beriş va töğri yöl körsatişni örganişi kerak.
Taşqi bozorda raqobat kuçayayotgan şaroitda işlab çiqaruvçi va eksportçilar uçun tölov hamda yiğimlarni kamaytiriş masalasi ham kötarildi.
Misol uçun, bir fura gilosni eksport qilişda bojxona yiğimi, fumigatsiya, sertifikat va deklarant xizmati uçun 5 million sömgaça qöşimça xarajat qilinyapti.
Barça vazir va tarmoq rahbarlariga bir hafta içida öz tizimidagi byurokratiya, jarima, tölov va yiğimlarni keskin kamaytiriş, biznes muhitini yaxşilaş böyiça takliflarni Prezident administratsiyasiga kiritiş topşirildi.











