Avvalroq Özbekiston içki işlar vazirligi tergov departamenti Kamerun fuqarolari bölgan va Özbekistonda firibgarliklar amalga oşirganlikda ayblanayotgan 4 kişining suratini e'lon qilgandi. Uşbu kimsalarning jinoyatlaridan jabr körganlardan içki işlar vazirligining tegişli telefon raqamlari orqali boğlaniş söralgandi. 

Içki işlar vazirligining sönggi ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda jinoyat sodir etişda gumon qilinayotgan yana 3 kamerunlik qölga olingan.   

Biroq afrikaliklar qanday jinoyatlarni sodir etgani hali ma'lum qilinmagan.

“Agar siz suratlarda körsatilgan şaxslarning jinoiy harakatlaridan jabr körgan bölsangiz, yaqin oradagi içki işlar bölimiga yoki “102” raqami hamda IIV tergov departamentining (71) 231-30-97, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34 yoki IIV jinoyat qidiruv boş boşqarmasining (71) 231-34-33 telefon raqamlariga murojaat qilişingizni söraymiz”, deyilgan xabarda.