Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Çotqol davlat milliy tabiat boğining ayrim tabiiy hududlari va obektlaridan foydalanişni tartibga soliş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi va Özbekiston ekologik partiyasining “Urunğoç” köli va unga tutaş hududlarni davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e'lon qiliş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Toşkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Ugom-Çotqol davlat milliy tabiat boğining Burçmullo davlat örmon xöjaligi hududida joylaşgan maydoni 43 ga bölgan "Urunğoç” tabiiy köli va unga tutaş hududlarni belgilangan tartibda davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e'lon qiladi.
Belgilanişiça, “Urunğoç” davlat gidrologik tabiat yodgorligi Burçmullo davlat örmon xöjaligining bir qismi hisoblanadi va uşbu xöjalik tomonidan yerlari olib qöyilmasdan va obektga salbiy ta'sir körsatuvçi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boşqariladi.
Quyidagilar “Urunğoç” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalari etib belgilandi:
“Urunğoç” tabiiy köli va unga tutaş hududlarni özgartirişsiz saqlaş;
toğ ekotizimi ösimlik va hayvonot dunyosini qayta tiklaş va takror köpaytiriş;
ekologik turizmni taşkil etiş;
ilmiy va ekologik-ma'rifiy işlarni amalga oşiriş;
aholining ekologik ta'lim va tarbiyasiga kömaklaşiş.
Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi körsatib ötilgan vazifalarni bajariş uçun mas'ul organ etib tayinlandi.
Örmon xöjaligi davlat qömitasi ikki oy muddatda:
Burçmullo davlat örmon xöjaligining ştat birliklari doirasida “Urunğoç” davlat gidrologik tabiat yodgorligini qöriqlaş uçun tegişli malaka va ma'lumotga ega bölgan mutaxassislar biriktirilişini nazarda tutadi;
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan birgalikda “Urunğoç” davlat gidrologik tabiat yodgorligi hududida söqmoq yöllar majburiy tartibda tösiqlar bilan jihozlanişini, örindiqlar, çiqindi taşlaş qutilari, hojatxonalar (biotualetlar) örnatilişini, şuningdek, suv havzasiga boriş, “Urunğoç” köli atrofi va unga tutaş hududlarda barça turdagi savdo va umumiy ovqatlaniş şoxobçalarini taşkil etişni taqiqlovçi çeklovçi va ma'lumotlar belgilari örnatilişini ta'minlab turistik yönalişlarni belgilaş;
“Urunğoç” davlat gidrologik tabiat yodgorligi hududida yöl qöyilişi mumkin bölgan rekreatsion yuklama me'yorlarini (muayyan vaqt davomida taşrif buyuruvçilarning ruxsat etilgan soni) işlab çiqadi;
Toşkent viloyati hokimligi va Davlat ekologiya qömitasi bilan birgalikda davlat ekologik nazoratini amalga oşiriş maqsadida Ugom- Çotqol davlat milliy tabiat boğining Burçmullo davlat örmon xöjaligi hududida ekologik post örnatilişi joyini aniqlaydi va uni joylaştiriş uçun belgilangan tartibda yer uçastkasini biriktiradi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Davlat ekologiya qömitasi, Fanlar akademiyasi va Özbekiston ekologik partiyasi bilan birgalikda 2020 yil 1 martgaça davlat tabiat yodgorliklari deb e'lon qiliş masalasini körib çiqiş va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni davlat kadastriga kiritiş uçun tabiiy obektlar va komplekslarni, şu jumladan, yoşi 100 va undan oşgan daraxtlarni xatlovdan ötkazadilar.












