Internetda tinçlik uçun Nobel mukofotiga ehtimoliy da'vogarlar röyxati paydo böldi. 

USA Today naşrining yozişiça, Nicer Odds bukmekerlik resursi mukofot uçun asosiy da'vogar sifatida BMTda nutq sözlagan 16 yoşli ekofaol Greta Tunbergni e'tirof etmoqda. Sentyabrda unga  “Töğri turmuş tarzi uçun” mukofoti topşirilgandi. Uşbu mukofot tinçlik uçun Nobel mukofoti “muqobili” deb ham ataladi.

Da'vogarlar orasida AQŞ prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Efiopiya va Yangi Zelandiya boş vazirlari Abiya Ahmad va Jasinda Ardenning  mukofotni olişga imkoniyatlari past baholanmoqda.

Ta'kidlaş joiz, qoidaga köra Nobel qömitalari heç qaçon nomzodlar nomlarini e'lon qilmaydi.  

Şvetsiyalik Greta Tunberg BMTning iqlim böyiça sammitidagi nutqida siyosatçilarni “quruq va'dalar” berişda hamda ekologik falokatning oldini olişga harakat qilmaslikda ayblagandi.